Tarbiba jarayoni

foto1
foto1
foto1
foto1
foto1

TARBIYA JARAYONI

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgach, rivojlanish va taraqqiyot yo’li demokratik, insonparvar va huquqiy jamiyatni barpo etishdan iboratligi e’tirof etilib, «Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish» davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri deya belgilandi. Asosiy e’tibor yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratildi.Respublikada ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy mazmun hamda yo’nalishlari O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» kabi me’yoriy hujjatlarda belgilab berilgan. Demak, mavjud sharoitda pedagogika fani barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga yo’naltirilgan ijtimoiy harakat istiqbollari, bu boradagi muammolar va ularni hal etish yo’llarini o’rganadi.

Eramizdan oldingi IV-III asrlarda qadimgi Gresiyada quldorning bolasini ovqatlantiradigan, sayrga olib boruvchi, tabiat qo’ynida o’ynatuvchi tarbiyachi qullar "pedagog" deb atalgan. U bolaning kamolotga yetishishiga mas’ul bo’lgan. Quldorning bolasini maktabga yetaklab olib borgan va olib kelgan. Maktabda ishlovchi o’qituvchilarni "didaskallar" (didayko-men o’qitaman) deyishgan. Feodalizm jamiyatiga kelib esa xar ikki kasbdagi kishilar hamkorligi natijasida ta’lim-tarbiya bilan maxsus shug’ullanuvchilar vujudga kelgan. Ular chex pedagogi Ya.A.Komenskiy ta’kidlaganidek, "Pedagog"deb nomlangan va bu so’z hozir ham ta’lim-tarbiya beruvchi o’qituvchilarga nisbatan qo’llaniladi.

Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo’shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.

O’zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g’oyasi asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifalarini aniqlash  mazkur tadqiqotning maqsadi hisoblanadi.

Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi:

1.     Ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o’rganish;

2.     Shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash;

3.     Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o’rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish;

4.     Ta’lim muassasalari hamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash;

5.     Ilg’or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish;

6.     Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta’lim-tarbiya usullari bilan qurollantirish;

7.     Ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo’nalishlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o’rganish;

8.     O’qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish;

9.     Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.

         Ushbu vazifalarni amalga oshirish bevosita tarbiya metodlari va ularning tarkibiy qismlari to’g’risida bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishni taqozo etadi.

Tadqiqot maqsadi: Tarbiya metodlari mohiyatini yoritish va xalq pedagogikasida tarbiya metodlarini tasniflash hamda tarbiyaning tarkibiy qismlarini o’rganish

Tadqiqot obyekti: Umumiy pedagogika fani va tarbiya metodlari

TadqiqotpredmetiXalqpedagogikasidatarbiyametodlarivatarbiyaningtarkibiyqismlari

TadqiqotningmetodologikasosiOzbekistonRespublikasiuzluksiztalimtiziminingmazmuninibelgilabberuvchidirektiv-meyoriyhujjatlarxususanOzbekistonRespublikasining «Talimtogrisida» giQonuni, «Kadrlartayyorlashmilliydasturi», OzbekistonRespublikasiVazirlarMahkamasiOliyvaOrtamaxsusxalqtalimivazirliklaritomonidanqabulqilinganqarorlarmeyoriyhujjatlarOzbekistonRespublikasiPrezidentiIAKarimovtomonidan  talimsohasidailgarisurilgangoyalarSharqmutafakkirlariningpedagogikqarashlariniyorituvchiqollanmalarTadqiqotchiolimlarningilmiyasarlaridaniborat.

 

Maktab formasi

Taqvim

<< < Февраль 2016 > >>
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29            

Pochta

MENING FIKRIM

  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 3.jpg
  • 15.jpg
  • 16.jpg
  • 17.jpg
  • 18.jpg
  • 20.jpg
  • 22.jpg
  • 23.jpg
  • 24.jpg
  • 25.jpg
  • 27 1.jpg
  • 27.jpg
  • 29 1.jpg
  • 29.jpg
  • 30.jpg
  • 32.jpg
  • 33.jpg
  • 34.jpg